Eronning uch generali halok bo‘lgani tasdiqlandi
Eron armiya bosh qo‘mondoni, KSIR rahbari va mudofaa vaziri halok bo‘lganini tasdiqladi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi (TIV) Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qo‘mondoni general-leytenant Muhammad Pakpur, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Abdulrahim Musaviy, mudofaa vaziri general-leytenant Aziz Nosirzoda va Mudofaa kengashi kotibi admiral Ali Shamxoniy halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
"Hayoti samimiylik va fidoyilikka to‘la bo‘lgan bu buyuk insonlar mamlakat mustaqilligi va xavfsizligini himoya qilishda oldingi saflarda turishgan va nihoyat, o‘zlarining samimiy kurashi uchun mukofotga sazovor bo‘lib, shahidlar degan yuksak maqomga erishishgan," - deyiladi Eron TIV bayonotida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter