Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa Ittifoqi qishloq xo‘jaligiga yangi talablar qo‘ymoqchi

Yevropa Ittifoqi qishloq xo‘jaligiga yangi talablar qo‘ymoqchi

Yevropa Ittifoqi organik mahsulotlar yetishtirishda pestitsid va antibiotiklardan foydalanishni 50 foizga qisqartirish niyatida. Bu xaqda Yevrokomissiya tomonidan chorshanba kuni e’lon qilingan YeI bio-diversifikatsiya strategiyasi loyihasida qayd etilgan.

Yevrokomissiya rahbarining birinchi o‘rinbosari Fransiya Timmermans yangi strategiya mohiyati xaqida shunday degan:

«Pandemiya bizga shularni o‘rgatdiki insoniyat global munosabatlarda birinchi navbatda atrof-muhit bilan hisoblashishi zarur».

Yangi strategiya 2030 yilga qadar kimyoviy pestitsidlardan foydalanishni 50 foizga, mineral o‘g‘itlardan foydalanishni 20 foizga, chorvachilik va baliqchilik xo‘jaligida antibiotiklardan foydalanishni 50 foizga qisqartirishni ko‘zda tutadi.

Mazkur hujjat Yevroparlament va YeI Kengashidagi barcha davlatlar tomonidan ma’qullansa, unda rejani amalga oshirish 2021 yilda boshlanadi. Xususan, 2021 yildan kelgusi yetti yillik budjet siklining (2021-2027) boshlanishi bilan subsidiyalarning katta qismi (YeI budjetining 40 foizigacha) organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalariga yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring