Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa mudofaa xarajatlarini oshirishi shart – NATO Bosh kotibi

Yevropa mudofaa xarajatlarini oshirishi shart – NATO Bosh kotibi

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte AQSh Yevropa davlatlariga alyans doirasida mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘yicha bosimni kuchaytirishini kutmoqda. Uning aytishicha, AQSh davlat kotibi Marko Rubio Myunxen xavfsizlik konferensiyasida yevropalik ittifoqchilardan ko‘proq mas’uliyat talab qiladi.

Ryuttening ta’kidlashicha, Rubio «shubhasiz, yevropaliklar NATOda ko‘proq yetakchilikni o‘z zimmasiga olishi va alyansni yanada «yevropalashtirish»i kerakligini ilgari suradi». Shu bilan birga, u AQSh NATOga sodiq qolishiga ishonch bildirdi.

«Bu faqat AQSh NATOdagi pozitsiyasini yanada mustahkamlagan taqdirda samara beradi», – dedi u.

NATO rahbari Yevropa davlatlari mudofaa xarajatlarini «nafaqat AQSh talab qilgani uchun, balki Rossiya tahdidi tufayli» oshirayotganini qayd etdi.

Ryuttening bayonotlari Rossiya-Ukraina urushi fonida Yevropa xavfsizlik tizimi va NATO doirasidagi mas’uliyat taqsimoti masalasi yanada dolzarblashayotgan bir paytda yangradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring