Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa Ukrainaga 4 mlrd yevrodan oshiq pul ajratadi

Yevropa Ukrainaga 4 mlrd yevrodan oshiq pul ajratadi

Yevrokomissiya bugun, 22-avgust kuni Ukrainaga 4,05 milliard yevro ajratilishini e’lon qildi

YeK o‘z kommyunikesida tushuntirganidek, ajratilgan 4,05 milliard yevroga Ukraina jamg‘armasidan 3,05 milliard yevro va Yevrokomissiyaning alohida makromoliyaviy yordam dasturidan 1 milliard yevro kiradi. 

 Bundan tashqari, Bryussel 2022 yil fevralidan beri YeI va unga a’zo davlatlar Ukrainaga gumanitar, moliyaviy va harbiy yordam sifatida 168,9 milliard yevro ajratganini eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp AQShda hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng Yevropa Ukrainaning asosiy donori bo‘lib qolmoqda. Tramp AQSh qurollarini Yevropa puli evaziga Ukrainaga jo‘natish haqida gapirib keladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring