Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippin prezidenti: «Bu virusni ham, sizni ham o‘ldiradi»

Filippin prezidenti: «Bu virusni ham, sizni ham o‘ldiradi»

Foto: «AP Photo / Bullit Marquez»

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte COVID-19 bilan kasallanganlar sonining yana ko‘paygani bois emlashni istamaganlarni hibsga olishga va’da berdi. Bu haqda «Biznes Online» xabar bermoqda.

«Agar emlashni xohlamasangiz, sizni hibsga olaman va vaksina qildiraman. Siz zararkunandasiz... Emlanmasangiz, Filippinni tark eting. Hindistonga yoki Amerikaning biron-bir joyiga jo‘nang. Men ichki ishlar vazirligi va mahalliy boshqaruv idoralariga vaksinatsiyadan bosh tortganlar ro‘yxatini tuzishga ko‘rsatma beraman», — dedi davlat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «faqat ahmoqlargina» emlashni xohlamaydi.

«Emlashni istamaydiganlar, men sizlarga cho‘chqalar vaksinasini beraman. Bu, haqiqatan, virusni ham, sizni ham o‘ldiradi», — deb qo‘rqitdi Duterte.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring