Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fotoreportaj: Isyonchilar prezident qarorgohida

Fotoreportaj: Isyonchilar prezident qarorgohida

8-dekabr, yakshanba kuni «Hay’at tahrir ash-Shom» guruhi boshchiligidagi isyonchilar Suriya poytaxti Damashqqa kirib bordi va prezident Bashar Asad rejimi qulaganini e’lon qildi.

AP agentligi tomonidan olingan va Euronews tomonidan chop etilgan fotosuratlarda isyonchi harbiy guruhlar Damashqdagi prezident qarorgohiga kirib suratga tushayotgani, suriyaliklar ko‘chalarda bayram qilayotgani, Bashar Asadning suratlari yirtib otilayotganini ko‘rish mumkin.

Shu tariqa Suriyada Asadlar oilasining 54 yillik boshqaruv davri poyoniga yetdi. Bashar Asadning otasi Hofiz Asad 1970 yilda to‘ntarish orqali hokimiyatga kelgan va o‘limiga qadar davlatni idora etgandi.

2000 yilda otasidan boshqaruvni meros qilib olgan Bashar Asad so‘nggi 24 yil davomida o‘n minglab qurbonlar evaziga hokimiyatni saqlab turdi.

Isyonchilar Damashqqa kirishi bilan Bashar Asad mamlakatdan qochgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bashar Asad aviahalokatda halok bo‘lgan yoki biror mamlakatdan qo‘nim topgan degan ikki taxmin mavjud.

Joriy yil 27 noyabrdan boshlab faol harbiy harakatlarni boshlagan isyonchilar birin-ketin Halab, Idlib, Hama kabi yirik shaharlarni egalladi. 

Avval xabar berganimizdek, voqealar rivoji Asad ma’muriyatining eng yaqin do‘stlari Rossiya va Eron ham bu gal uni qutqarib qola olmasligidan dalolat berayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring