Fransiya sudi Bashar Asadni hibsga olishga order berdi

Fransiya sudi Suriyaning sobiq prezidenti Bashar al-Asadni hibsga olishga order berdi.
France 24 bergan ma’lumotlarga ko‘ra, order amerikalik jurnalist Mari Kolvin va fransuz fotografi Remi Oklining o‘limi munosabati bilan berilgan. Ular 2012-yilda hukumat kuchlarining Homs shahrini bombardimon qilishi natijasida halok bo‘lgan edi.
Sobiq prezidentdan tashqari, sud ayni ish bo‘yicha uning ma’muriyatidagi yana olti nafar sobiq yuqori lavozimli amaldorni hibsga olishga order bergan.
2023-yilning noyabrida ham Fransiya sudi 2013-yilda Suriyada kimyoviy hujum uyushtirganlikda ayblab, Asadni hibsga olishga order bergan edi. 2025-yil iyulida Fransiyaning oliy kassatsiya sudi Asad gumon qilinayotgan jinoyatlar vaqtida prezidentlik daxlsizligiga ega bo‘lganini aytib, orderni bekor qildi.
Ma’lumot uchun, Asad Suriyani 20 yildan ortiq boshqargan. 2024-yil dekabrida uning rejimi ag‘darildi va sobiq prezident Rossiyaga qochib ketdi. Kreml uning «gumanitar maqsadlarda» siyosiy boshpana olganini rasman tasdiqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter