Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyalik mashhur aktyor vafot etdi

Fransiyalik mashhur aktyor vafot etdi

Fransiyalik aktyor Alen Delon 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda 18-avgust kuni AFP xabar berdi.

Alen Delon 1935-yil 8-noyabrda Parijning janubiy chekkasida tug‘ilgan. Uning bolaligi Burg-la-Reyn shahrida o‘tgan. 

1957-yilda aktyor ishtirokidagi birinchi "Ayol aralashganda" filmi chiqdi. 1960-yilda u "Yorqin quyoshda" filmidan so‘ng o‘zining ilk muvaffaqiyatiga erishdi. Keyin "Rokko va uning birodarlari" va "Leopard" filmlari Delonga katta shuhrat keltirdi. 

Delon "Oltin globus" mukofotini ham qo‘lga kiritgan. 

So‘nggi yillarda aktyor og‘ir kasallik bilan kurashib kelayotgan va ikki bor insultni boshdan kechirgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring