Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampning g‘azoliklarni ko‘chirish taklifini qabul qilib bo‘lmaydi – ADL

Trampning g‘azoliklarni ko‘chirish taklifini qabul qilib bo‘lmaydi – ADL

Bir muddat oldin Donald Tramp G‘azo sektorida ijtimoiy ob’yektlarning butunlay vayron bo‘lgani haqida to‘xtalib, anklavning 1,5 million aholisini Misr va Iordaniya kabi davlatlarga vaqtinchalik ko‘chirib turish kerakligini aytgandi.

Uning ushbu taklifi Arab davlatlari ligasi hamda Misr hukumati tomonidan jiddiy tanqidga uchradi.

Arab davlatlari ligasi, jumladan, AQSh prezidentining G‘azodagi falastinliklarni arab mamlakatlariga, xususan Iordaniya va Misrga deportatsiya qilish haqidagi chaqirig‘ini «qabul qilib bo‘lmaydigan va bunga qaratilgan urinishlar muvaffaqiyatsizlik sari yo‘l» deya baholagan. Ittifoqning yozma bayonotida, «Falastin xalqini o‘z yerlaridan haydab chiqarish, qo‘shib olish yoki aholi punktlarini kengaytirish yo‘li bilan ko‘chirishga urinishlar o‘tmishda muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Shu sababdan ham bu qabul qilib bo‘lmaydigan va xalqaro huquqni oyoqosti qiladigan taklif», deyiladi.

O‘z navbatida, Misr hukumati ham Tramp tashabbusiga qarshi chiqib, falastinliklarni G‘azo sektoridan chiqarib yuborish taklifini rad etdi.

Mamlakat tashqi ishlar vazirligi bu borada AQShni mintaqa barqarorligiga tahdid haqida ogohlantirdi va xalqaro hamjamiyatni ikki davlat yechimini amalda tatbiq etishga chaqirdi. Shuningdek, «Misr Falastin xalqining o‘z zaminidagi qat’iyati, qonuniy huquqlari tarafdori va bu boradagi xalqaro gumanitar huquq tamoyillariga rioya qilinishini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda», deyiladi Misr hukumati bayonotida.

Qolaversa, xalqaro hamjamiyat Sharqiy Quddus bilan mustaqil va suveren Falastin davlatini barpo etishga olib keladigan ikki davlat yechimini amalga oshirishga chaqirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Trampning falastinliklarni ko‘chirish tashabbusi anklavda hukmron bo‘lgan HAMAS harakatining ham jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring