Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya alamli tarzda Yevropa chempionatini tark etdi

Germaniya alamli tarzda Yevropa chempionatini tark etdi

Bugun, 5 iyul kuni Germaniyaning Shtutgart shahrida Yevropa chempionati chorak finalida Ispaniya terma jamoasi bilan to‘qnash keldi. 

Uchrashuvda birinchi golni Dani Olmo 51-daqiqada kiritdi. Lekin 89-daqiqada Florian Virs hisobni tenglashtirdi. 

Qo‘shimcha taymlarda Meniro gol urib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. 

Germaniya terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini saqlab qolish uchun ko‘plab hujumlar uyushtirdi. Lekin ushbu o‘yinda nemislarga g‘alaba nasib qilmadi. 

Shu tariqa Ispaniya termasi Yevro-2024 yarim finalining ilk ishtirokchisiga aylandi. Germaniya esa o‘z maydonlarida o‘tayotgan musobaqani tark etdi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring