Germaniya fuqaro mudofaasini kuchaytirishga 10 mlrd yevro ajratadi
Bild gazetasining yozishicha, 2029-yilga kelib Germaniya hukumati fuqarolik mudofaasini kuchaytirish uchun 10 milliard yevro ajratishni rejalashtirmoqda.
Bu Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindtning taklif loyihasidan kelib chiqadi. Hukumat uni 19-may kuni ko‘rib chiqadi.
Vazirlikning taklifida maxsus shtab bo‘linmasi tashkil etish ko‘zda tutilgan. U fuqarolik mudofaasini rejalashtirish va muvofiqlashtirish uchun javobgar bo‘ladi. Bundan tashqari, investitsiya quyidagi tashabbuslar uchun ishlatiladi:
-1000 dan ortiq ixtisoslashtirilgan transport vositalarini sotib olish;
- texnik yordam bo‘yicha federal agentlikning (Ichki ishlar vazirligi tarkibiga kiruvchi) bino va inshootlarini qurish va ta’mirlash;
-Germaniya bo‘ylab 50 dan ortiq maxsus favqulodda vaziyatlarga javob berish guruhlarini yaratish;
- 110 000 ta yig‘ma lager o‘rinlarini sotib olish.
Bundan tashqari, Germaniya Ichki ishlar vazirligi qutqaruvchilarni «kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy tahdidlarga» qarshi tayyorlash uchun yagona standartlarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Maktablarda fuqarolik mudofaasi darslarini joriy etish taklif qilindi. Vazirlik shuningdek, favqulodda vaziyatlarda odamlar boshpana topishi mumkin bo‘lgan eng yaqin boshpanalarni ko‘rsatuvchi xaritalarni yaratadi. Xaritalar aholini xabardor qilish ilovasiga integratsiya qilinadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter