Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gruziya prezidenti hukumat ruxsatisiz chetga chiqqani uchun «baloga qoldi»

Gruziya prezidenti hukumat ruxsatisiz chetga chiqqani uchun «baloga qoldi»

Gruziyaning hukmron partiyasi Yevropaga safar qilgan prezidentga impichment e’lon qilish tashabbusi bilan chiqdi.

Gruziyaning «Gruziya orzusi» partiyasi prezident Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayonini boshlashga qaror qildi, deya xabar bermoqda «Mtavari» telekanali.

Partiya Zurabishvilini konstitutsiyani buzganlikda ayblamoqda. «Chunki u hukumat ruxsatisiz xorijga safarga ketgan», dedi «Gruziya orzusi» partiyasi ijrochi kotibi Mamuka Mdinaradze.

Zurabishvili 31 avgust kuni prezident Frank Valter-Shtaynmayer bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Germaniyaga borgan. U Gruziyaga Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat maqomini berishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yevropa yetakchilari bilan qator uchrashuvlarni boshladi, deyiladi prezident ma’muriyati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring