Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi: 3 kishi hibsga olindi

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi: 3 kishi hibsga olindi

Foto: «Life.ru»

Bosh vazir Irakli Garibashvilining so‘zlariga ko‘ra, Gruziya hukumati 11-oktyabrni motam kuni deb e’lon qildi.

«Batumidagi fojia tufayli qattiq qayg‘udaman. Halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Ular bilan birgalikda butun Gruziya ushbu dahshatli fojiani boshdan kechirmoqda. Qurbonlar xotirasiga 11-oktyabr, dushanba motam kuni deb e’lon qilinishini qaror qilaman», — deyiladi bosh vazir bayonotida.

Unga ko‘ra, rasmiylar jabrlanganlarga yordam ko‘rsatadi va barcha aybdorlar jazolanadi.

«Imedi» telekompaniyasi xabariga ko‘ra, Batumidagi uy qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni sakkiz kishiga yetdi.

Avvalroq olti kishining olamdan o‘tgani haqida ma’lum qilingandi: beshtasi xarobalar orasidan topilgan, yana bir ayol shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

«Qutqaruvchilar Batumidagi vayronalar ostidan yana ikki kishining jasadini olib chiqishdi. Bungacha ichki ishlar vaziri Vaxtang Gomeluari uch kishini qidirayotgani haqida xabar bergan, ular orasida yosh bolali ona ham bor», — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 26-may ko‘chasidagi yetti qavatli binoning kirish qismi qulab tushgan. Uydan 12 oila evakuatsiya qilindi, vayronalar ostidan bir necha kishi, jumladan, ikki bola chiqarib olindi.

Ichki ishlar vazirligi hodisa yuzasidan jinoiy ish ochdi. Hozirda uch nafar gumonlanuvchi: birinchi qavatdagi kvartiraning egasi va u yerda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ikki ishchi hibsga olingan. Gomelaurining so‘zlariga ko‘ra, halokatga birinchi qavatdagi devorning buzilishi sabab bo‘lishi mumkin. Jinoyatchilar o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi ehtimoli bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring