Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hamas Isroilning hujumi oqibatida halok bo‘lgan garovdagilar sonini ma’lum qildi

Hamas Isroilning hujumi oqibatida halok bo‘lgan garovdagilar sonini ma’lum qildi

Isroilning G‘azo sektoridagi amaliyoti davomida bergan zarbalari natijasida 70 ga yaqin garovdagilar halok bo‘ldi, deb xabar berdi Hamasning rasmiy vakili Abu Ubeyda.

«Dushman armiyasining G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlari natijasida halok bo‘lgan garovga olinganlar soni 70 kishidan oshishi mumkinligini tasdiqlaymiz», — deyiladi xabarda.

Isroil bu ma’lumotga hozircha izoh bermadi.

Ikki tomon hali ham muzokaralarni davom ettirishyapti. Qayd etilishicha, Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 200-300 nafar falastinlik mahbuslar evaziga garovga olingan 40 kishini ozod etishni o‘z ichiga olgan kelishuvning muhokama bosqichi ketmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring