HAMAS yangi yetakchisining nomini sir tutishga qaror qildi
HAMAS o‘zining yangi yetakchisi nomini xavfsizlik nuqtai nazaridan sir tutadi, bu haqda harakat vakili BBCga ma’lum qildi.
2003-yilda HAMAS rahbari Ahmad Yasin Isroil tomonidan o‘ldirilganida uning o‘rniga kelgan Abdulaziz al-Rantisiy nomi ham oshkor qilinmagandi.
Yangi yetakchi kelgusi yil martida saylanadi, ungacha HAMAS besh kishidan iborat qo‘mita tomonidan boshqariladi.
BBC manbasiga ko‘ra, Yahyo Sinvarning halokatidan so‘ng uning o‘rinbosari Xalil al-Hayyo ko‘plab masalalar, xususan, G‘azo sektori bo‘yicha ishlarni o‘z nazoratiga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter