Har bir chaqaloqqa 1 000 dollar beriladi — AQSh
Prezident Donald Tramp «Trump Accounts» dasturini e’lon qildi.
Dasturga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 31-dekabrgacha tug‘ilgan AQSh fuqarosi bo‘lgan barcha bolalar nomiga investitsiya hisobi ochilib, 1 000 dollardan o‘tkaziladi.
Pullar fond bozoriga (masalan, S&P 500 indeksiga) yo‘naltiriladi va ularni faqat 18 yoshdan keyin yechib olish mumkin bo‘ladi.
Ota-onalar hisobni har yili 5 000 dollargacha to‘ldirishlari mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, doimiy investitsiya bilan 18 yil ichida bu mablag‘ 303 800 dollargacha ko‘payishi mumkin.
Dasturning maqsadi — kelajak avlod uchun boshlang‘ich kapital shakllantirishdir, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter