Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston janubi-g‘arbidagi ko‘chkilarda 174 kishi halok bo‘ldi

Hindiston janubi-g‘arbidagi ko‘chkilarda 174 kishi halok bo‘ldi

Hindiston janubi-g‘arbidagi Kerala shtatida sodir bo‘lgan ko‘plab ko‘chkilar qurbonlari soni 174 kishiga yetdi.

«Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 196 kishi jarohatlangan, yana yuzlab odamlar qochib ketgan. Bundan tashqari, 98 kishi bedarak yo‘qolgan», deb yozadi Times Of India.

O‘lganlarning aksariyati choy plantatsiyalarida ishlagan va yo‘llar bo‘ylab yoki plantatsiyalar etagida qurilgan kichik uylarda yashagan.

Seshanbaga o‘tar kechasi Vayanad tumanida kuchli yomg‘ir sabab uchta ko‘chki sodir bo‘ldi. Tabiiy ofatning eng katta qismi tepalikdagi Mundakkay, Chooralmala, Attamala va Noolpuja qishloqlariga tushdi.

Tonnalab loy, suv va ildizi uzilgan daraxtlar o‘nlab uylarni ko‘mib tashlagan. Yo‘llar va ko‘prik vayron qilingan. Qidiruv ishlariga yo‘llar to‘sib qo‘yilgani va relefning murakkabligi to‘sqinlik qilmoqda. Qidiruv va qutqaruv ishlarida mahalliy aholi, qutqaruvchilar va harbiylar ishtirok etmoqda. Harbiy havo kuchlari samolyotlaridan ham foydalaniladi. 31 iyul shtatda motam kuni deb e’lon qilingan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring