Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistondagi fojia sabab qurbonlar soni 250 kishidan oshdi

Hindistondagi fojia sabab qurbonlar soni 250 kishidan oshdi

Hindiston sog‘liqni saqlash vaziri Veena Jorjning ma’lum qilishicha, Kerala shtatidagi kuchli ko‘chkilar oqibatida kamida 256 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq kishi jarohatlangan. Mingga yaqin odam qutqarildi, 220 kishi bedarak yo‘qolgan.

Vayanad tumanida 30 iyul, seshanba kuni kuchli yomg‘irdan keyin uchta ko‘chki sodir bo‘ldi – ba’zi hududlarda bir kun ichida 300 mm dan ortiq, o‘rtacha ko‘rsatkichdan besh baravar ko‘proq ko‘chki tushdi. Eruvajanji daryosi qirg‘oqlaridan toshib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, qishloqlarni, choy va boshqa plantatsiyalarni suv bosdi.

Qutqaruv operatsiyasi uch kundan beri davom etmoqda. Ammo bu noqulay ob-havo sharoiti va tepaliklar sabab qiyinlashmoqda.

Hindiston armiyasi jabrlangan hududdan 5500 dan ortiq odamni, jumladan bir necha yuzlab sayyohlarni evakuatsiya qildi. Ular chodir lagerlariga joylashtirildi, deb yozadi The Guardian.

Olimlarning qayd etishicha, iqlim o‘zgarishi sababli Hindistonda musson fasllari kuchayib bormoqda. Kuchli yog‘ingarchilik ko‘chki xavfini oshiradi. Mahalliy aholi tog‘li yerlarda ko‘proq uylar qurayotgani va o‘rmonlarni plantatsiyalar barpo etish kesayotgani muammoni yanada kuchaytirmoqda.

Avval 174 qurbon haqida ma’lumot berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring