IIQK o‘z vazifalarini yangi rahbariyati bilan uzluksiz davom ettirayotganini bildirdi
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) matbuot kotibi va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Nainiy AQSh va Isroilga qarshi hujumlar davom etishini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi o‘z vazifalarini tashkilotning yangi rahbariyati boshchiligida qat’iyat bilan davom ettiradi. Bu jarayonda hech qanday tanaffus bo‘lmaydi va xavotirga o‘rin yo‘q.
Nainiyning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlar qo‘mondonlari, viloyatlardagi korpus bo‘linmalari va jangovar qismlar o‘z operatsiya hududlarida mustaqil ravishda harakat qilish imkoniyatiga ega.
U, shuningdek, halok bo‘lgan qo‘mondon Muhammad Pokpurning safdoshlari va korpus a’zolari Eron dushmanlariga «o‘rnak bo‘ladigan va og‘ir mag‘lubiyat» yetkazmaguncha kurashni davom ettirishini aytdi.
«Dushman uzluksiz va ibratli hujumlarni kutishi kerak. AQSh va Isroil uchun jahannam eshiklari kun sayin yanada keng ochiladi», – dedi u.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter