Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask 600 mlrd dollarli ilk milliarderga aylandi

Ilon Mask 600 mlrd dollarli ilk milliarderga aylandi

Space X asoschisi Ilon Mask boyligi 600 mlrd dollrga yetgan birinchi insonga aylandi, deb xabar berdi Forbes.

Nashrga ko‘ra, Mask jahonda ilk trillioner bo‘lish uchun yana bir katta qadam tashladi. Dekabr o‘rtalarida SpaceX kompaniyasi o‘z qiymatini $800 mlrd deya baholadi (avgustda $400 mlrd edi). Bu haqda milliarderlar ro‘yxatini shakllantiruvchi Forbes va Bloomberg nashrlari yozgandi. Baholash SpaceX 2026-yilda IPO o‘tkazishi arafasida o‘tkazildi — bu tarixdagi eng yirik aksiyalar joylashtirilishi bo‘lishi kutilyapti.

Yuqoridagi baholash SpaceX aksiyalarining taxminan 42 foiziga egalik qiluvchi Maskning boyligini 168 mlrd dollarga oshirib, jami boyligini 677 mlrdga yetkazdi. Uning SpaceXdagi ulushi $336 mlrdga baholanmoqda.

Bundan tashqari, Ilon Mask Teslada 12 foiz ulushga ega ($197 mlrd), unga qarashli xAI Holdings (Grok chat-boti) esa $230 mlrdga baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring