Indoneziyadagi zilzila qurbonlari 91 kishiga yetdi

Avvalroq Indoneziyada yetti balli zilzila sodir bo‘lgani haqda xabar bergan edik. Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligi vakili Sutupo Purvo Nugruxoning ma’lum qilishicha, zilzila qurbonlari soni 91 kishiga yetgan. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.
Nugruxoning aytishicha, qurbonlardan tashqari yana 200dan ziyod kishi jiddiy jarohatlar olgan.
Eslatib o‘tamiz, Lombok orolida 29 iyul kuni ham 6,4 balli zilzila qayd etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas