IQ darajasi Eynshteynnikidan yuqori: 14 yoshli qiz Marsga uchmoqchi
Meksikalik 14 yoshli Adara Peres Sanches noyob qobiliyatga ega — uning IQ darajasi 162 ballga teng.
Uch yoshida unga nutq va ijtimoiy ko‘nikmalarga ta’sir qiluvchi autistik spektr buzilishi tashxisi qo‘yilgan. Shu sababli tengdoshlari va o‘qituvchilari bilan tushunmovchiliklar yuzaga kelgan.
Biroq qiz ajoyib kognitiv qobiliyatlarga ega edi, buni birinchi bo‘lib onasi payqadi. Qiz uyda yolg‘izlikdan zerikib Mendeleyev davriy jadvalini to‘liq yodlab oldi, mustaqil ravishda algebrani o‘rgandi.
His-tuyg‘ular bilan bog‘liq muammolar tufayli davolanishga borishganida, ekspertlar unga IQ testidan o‘tishni tavsiya qilishdi. Natija 162 ballni tashkil etdi. Taqqoslash uchun: buyuk olimlar Stiven Hoking va Albert Eynshteynning bu ko‘rsatkichi 160 ball darajasida bo‘lgan.
Ushbu kashfiyot Sanchesning ta’lim yo‘lida tub burilish yasadi. U boshlang‘ich sinflarni besh yoshida tugatdi, 11 yoshida bakalavr darajasini oldi, hozir esa 14 yoshida magistraturada tahsil olmoqda.
Qiz fazoni tadqiq etishga juda qiziqadi. U o‘z oldiga NASAga kirishni maqsad qilib qo‘ygan va kun kelib Marsni tadqiq etuvchi missiyalarida ishtirok etishga umid qilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter