Iroqda o‘ta xavfli jangarilardan biri o‘ldirilgani e’lon qilindi

Iroq bosh vaziri Muhammad as-Sudaniyning aytishicha, mamlakat razvedka xizmatlari IShID yetakchisini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Abu Xadija al-Iroqiy nomi bilan tanilgan Abdulloh Makkiy Muslih al-Rufoiy guruhga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi koalitsiya ko‘magida Iroq razvedka xodimlari tomonidan o‘ldirilgan.
Iroq bosh vazirining X ijtimoiy tarmog‘idagi postiga ko‘ra, guruhda xalifa o‘rinbosari lavozimini egallagan. Al-Sudaniy jangarini taqiqlangan harakatning “eng xavfli” yetakchisi deb atadi. Terrorchi Iroq g‘arbidagi Anbar viloyatida berilgan havo hujumida yo‘q qilindi, deya xabar beradi The Washington Post manbalari.
Erem News xabariga ko‘ra, 2021 yil yanvarida Abu Yasir al-Issaviy iroqlik harbiylar tomonidan yo‘q qilinganidan so‘ng, al-Rufoiy “Islomiy davlat” bo‘limiga rahbarlik qilgan.
U yoshligida terror tashkilotiga qo‘shilgan, qo‘lga olingan va terrorchilikda ayblanib qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq u qochishga muvaffaq bo‘lgan va faoliyatini davom ettirgan.
O‘tgan yilning may oyida AQSh Markaziy qo‘mondonligi Suriyada terrorchilik guruhining yuqori martabali a’zosi Usama Jamol Muhammad Ibrohim al-Janabiy o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi. Oktyabr oyida Iroq bosh vaziri mamlakat hududida "Iroq amiri" deb atalgan shaxs yo‘q qilinishini e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter