Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islandiyaning navbatdagi prezidenti nomi ma’lum bo‘ldi

Islandiyaning navbatdagi prezidenti nomi ma’lum bo‘ldi

Tadbirkor Xalla Tomasdottir Islandiyadagi prezidentlik saylovida 34.3 foiz ovoz bilan g‘olib chiqdi. U mamlakat tarixidagi ikkinchi ayol prezident bo‘ladi.

Islandiyaning sobiq bosh vaziri Katrin Yakobsdottir 25,2 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi. Saylovda jami 12 nafar nomzod ishtirok etdi.

55 yoshli Tomasdottir Islandiyaning yettinchi prezidentiga aylanadi. Bungacha mamlakatni 2016 avgustidan beri Gvidni Yoxannesson boshqarib kelgan. 2016 yilda ham Tomasdottir mamlakat prezidentligi uchun kurashgan va Yoxannessondan keyingi o‘rinni egallagandi.

Islandiya prezidenti to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy saylovlar yo‘li bilan to‘rt yillik muddatga saylanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring