Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil «Al-Jazira» telekompaniyasining besh xodimini qasddan o‘ldirdi

Isroil «Al-Jazira» telekompaniyasining besh xodimini qasddan o‘ldirdi

Anas al-Sharif.

Foto: Al Jazeera Media Network

«Al-Jazira» telekompaniyasi muxbiri Anas al-Sharif va uning to‘rt hamkasbini G‘azo shahrida Isroil harbiylari qasddan o‘ldirdi, deb xabar berdi «Al-Jazira».

Xabarga ko‘ra, telekompaniyaning besh nafar xodimi bu paytda G‘azodagi «Ash-Shifa» shifoxonasi kiraverishidagi chodirda bo‘lgan.

Halok bo‘lgan jurnalistlar.

Isroil armiyasi chodirga zarba berilganini tasdiqlab, u aynan Anas al-Sharifga qaratilganini ma’lum qildi... Yahudiy harbiylarning iddaosiga ko‘ra, o‘zini jurnalist qilib ko‘rsatgan Anas aslida qurolli guruhlar a’zosi bo‘lgan.

Fuqarolar uchun zararni kamaytirish maqsadida xilma-xil razvedka ma’lumotlari va yuqori aniqlikdagi quroldan foydalanildi, deb isroilliklar o‘zlarini oqlashga urinishdi. Holbuki, ularning raketasi jami 7 kishini halok qildi.

«Al-Jazira» o‘z xodimlariga berilgan zarbani «matbuot erkinligiga yuzsizlarcha va qasddan qilingan hujum», deya izohladi.

Telekompaniya bosh muharriri Muhammad Muavad aytishicha, Al-Sharif akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalist edi, aynan u sababli butun dunyo G‘azo sektorida aslida nimalar yuz berayotganidan xabar topdi.

Isroil G‘azoga xorijlik jurnalistlarni kiritmayapti, shu sababli ko‘plab ommaviy axborot vositalari mahalliy muxbirlarni ishga yollamoqda.

28 yoshli Anas al-Sharif halokatidan oldin X ijtimoiy tarmog‘ida Isroil G‘azoning sharqi va janubiga muttasil bomba yog‘dirayotgani haqida yozgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring