Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroilni deb besh mamlakat «Yevrovideniye-2026»da qatnashishdan bosh tortdi

Isroilni deb besh mamlakat «Yevrovideniye-2026»da qatnashishdan bosh tortdi

Foto: Getty Images

Isroilning ishtirokiga norozilik sifatida, besh mamlakat «Yevrovideniye-2026» tanlovida qatnashishdan bosh tortdi, deb xabar berdi BBC. Gap Ispaniya, Irlandiya, Niderlandiya, Islandiya va Sloveniya haqida bormoqda.

Bu «Yevrovideniye» tanlovining 70 yillik tarixidagi eng yirik boykotdir. Ko‘plab telekanallar o‘z noroziliklarini Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti bilan bog‘lamoqda.

Tanlov tashkilotchisi — Yevropa translyasiyalar ittifoqi «Yevrovideniye» davlatlar emas, balki telekanallar o‘rtasidagi musobaqa ekanini ta’kidlamoqda. Biroq hozirgi vaziyat siyosatning tanlovga ta’siri va qurolli mojarolarga aralashgan davlatlarning ishtirok etish qoidalari haqidagi bahslarni yana jonlantirdi.

Ba’zi telekanallar Isroil va Ukrainaning ishtiroki siyosiy motivatsiyalangan ovoz berishga olib keladi deb hisoblaydi. Ularning fikricha, bu tanlovning betaraflik tamoyiliga putur yetkazadi.

Irlandiya 2025-yil dekabrida «Yevrovideniye-2026» tanlovida ishtirok etmaslik to‘g‘risida qaror qabul chiqargandi.

2025-yil may oyida Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Isroilning «Yevrovideniye» musiqa tanloviga qo‘yilishi tashkilotchilarning ikki yoqlama standartlarini ko‘rsatishini ta’kidlagandi.

Ma’lumot uchun: bugun, 12-may sanasida Avstriya poytaxti Venada «Yevrovideniye» 70-tanloviga start beriladi. Unda 35 mamlakat qatnashadi — bu 2004-yildan beri eng past ko‘rsatkich.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring