Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni vafot etdi

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni vafot etdi

Bugun, 12 iyun kuni Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni 87 yoshida shifoxonada vafot etdi. Bu haqda «Corriere della Sera» gazetasi xabar berdi.

Italiyalik siyosatchi vafoti oldidan kasalxonaga yotqizilgan.

Berluskoni joriy yilning 5 aprel kuni to‘satdan pnevmoniya va yurak xastaligi bilan reanimatsiyaga yotqizilgan edi. Ertasi kuni sobiq bosh vazirga oq qon kasalligi tashxisi qo‘yilgan. 17 aprel kuni u reanimatsiya bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Silvio Berluskoni 1994-1995, 2001-2005, 2005-2006 va 2008-2011 yillarda Italiya hukumatini to‘rt marta boshqargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring