Jahon kartoshka bozori yetakchilari ma’lum bo‘ldi
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda (bundan yangi ma’lumot hozircha yo‘q — tahr.) jahon bo‘yicha jami 390,4 mln tonna kartoshka yetishtirilgan.
Kartoshka yetishtirishda katta farq bilan Xitoy yetakchilik qilmoqda — 94,8 mln tonna yoki jahon mahsulotining 24 foizi.
Ikkinchi o‘rinda — 57,1 mln tonna (15 foiz). Keyingi o‘rinlarda: Ukraina (21,1 mln tonna, 5,4 foiz), AQSh (19,1 mln tonna, 4,9 foiz), Rossiya (18,4 mln tonna, 4,7 foiz). Kartoshka ramziga aylangan Belarus esa jahonda 23-o‘rinda — 3,1 mln tonna (0,8 foiz).
Kartoshkani eksport qilishda yetakchilar esa quyidagilar: Fransiya (3,3 mln tonna), Niderlandiya (2,8 mln), Germaniya (2,7 mln), Belgiya (1,01 mln) va Misr (898,7 ming tonna).
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berishicha, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistondagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 3,1 mln tonna kartoshka yetishtirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter