Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahonning eng keksa odami 127 yoshida vafot etdi

Jahonning eng keksa odami 127 yoshida vafot etdi

Braziliyada dunyodagi eng keksa odam 127 yoshida vafot etdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Xose Paulino Gomes 1895-yil 4-avgustda (mahalliy munitsipalitetning ro‘yxatga olish idorasi ma’lumotlariga ko‘ra) tug‘ilgan. U umrining so‘nggi oyi to‘shakka mixlanib qoldi va 28-iyul kuni u Korregodo kafedagi uyida 128 yoshga to‘lishiga bir necha kun qolganida vafot etdi.

U butun umri davomida chorvachilik bilan shug‘ullangan va to‘rt yil oldin ot minishni to‘xtatgan. Uning yetti nafar farzandi, 25 nafar nevarasi, 42 nafar chevarasi va 11 nafar evarasi bor.

«U juda oddiy, juda kamtar edi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, tabiiy narsalarni sevardi. Hamma ovqati shu yerda yetishtirilgan, chorvani o‘zi boqqan» deydi Gomesning Gomesning nabirasi Elian Ferreyra jurnalistlarga.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring