Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Sudanda fojia: qurolli hujum oqibatida salkam 170 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Sudanda fojia: qurolli hujum oqibatida salkam 170 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Sudanning Ruveng mintaqaviy shtatidagi Abiemnom okrugiga o‘nlab qurolli yoshlar tomonidan uyushtirilgan hujumda kamida 169 kishi, jumladan, ikki yuqori martabali mahalliy amaldor halok bo‘ldi va 50 kishi yaralandi

Ruveng mintaqaviy axborot vaziri Jeyms Moniluak Mijok hujum haqida e’lon qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum yakshanba kuni erta tongda sodir bo‘lgan va bir necha soat davom etgan. Hujumchilar bozorlar va turar-joy binolariga o‘t qo‘yishgan. 

Vazir armiya hujumchilarni hududdan haydab chiqarishga muvaffaq bo‘lganini va Abiemnom okrugi ma’muriyati endi vaziyatni to‘liq nazorat qilayotganini ta’kidladi. 

Janubiy Sudandagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining missiyasi (UNMISS) so‘nggi 48 soat ichida Abiemnomda zo‘ravonlikning kuchayishi haqida xavotir bildirdi. «Tinchlikparvar kuchlar mingdan ortiq tinch aholini hududdagi missionerlik bazasida joylashtirdi va jarohatlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatmoqda», deyiladi UNMISS bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring