«Jeenbekov prezidentlikdan iste’fo bermoqchi» - Qirg‘iziston bosh vaziri
Kuni kecha Sadir Japarov Qirg‘iziston yangi bosh vaziri etib tayinlandi.
Japarov parlament yig‘ilishida muhim bir ma’lumotni oshkor qilgan: unga ko‘ra, amaldagi prezident Sooranbay Jeenbekov lavozimini tark etishga tayyor.
«Men u bilan uchrashdim, prezident iste’fo berish niyatini aytdi, faqat xukumat to‘liq shakllanib, ish boshlangach» - , degan Japarov.
Japarovning fikricha, 5-6-oktyabr kunlari boshlangan namoyish va tartibsizliklarning asosiy sababi adolatsiz parlament saylovlaridir. Shuningdek, yangi bosh vazir mamlakatdagi voqealarni «uchinchi inqilob» deb atagan ( birinchi va ikkinchi inqiloblar 2005 va 2010-yillarda ro‘y bergan).
Eslatib o‘tamiz, parlament saylovlaridan norozi kuchlar mamlakat bo‘ylab namoyishlar to‘lqinini keltirib chiqardi. Ular hatto, sobiq prezident Almazbek Atambayevni ham qamoqdan chiqardilar (10-oktyabrda u yana qo‘lga olindi).
Jeenbekovning o‘zi murojaatida «har qanday davozimni tinchlikdan ustun qo‘ymasligini» ta’kidlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter