Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kaliforniyada 11 mln kishi xavf ostida qoldi

Kaliforniyada 11 mln kishi xavf ostida qoldi

AQShning Kaliforniya shtatida taxminan 11 million kishi keng ko‘lamli suv toshqini xavfi ostida qolmoqda. Bu haqdagi statistik ma’lumotlar Amerikaning NBC telekanali tomonidan e’lon qilingan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, evakuatsiya to‘g‘risidagi buyruq allaqachon Los-Anjeles okrugining bir qator tumanlari aholisiga yuborilgan. Bundan tashqari, San-Fransisko aholisiga ham xavf tahdid solmoqda.

AQSh Milliy meteorologiya byurosining ma’lum qilishicha, 15 fevraldan beri Kaliforniya hududini kuchli shamolli jalalar qoplagan, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik darajasi 25 mm gacha yetishi mumkin. Los-Anjeles uchun bu ko‘rsatkich oylik me’yorning deyarli chorak qismini tashkil etadi. Kuchli yog‘ingarchilik  ko‘chki xavfini ham tug‘diradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring