Kanadada maktabdagi otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Tambler-Rij o‘rta maktabida otishma sodir bo‘ldi. Kamida 10 kishi, jumladan, hujum qilgan shaxs halok bo‘lgan. Bu haqda CBC telekanali ma’lum qildi.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan xodimlar maktab binosida olti kishining jasadini topgan. Yana bir jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. CBC’ning aniqlik kiritishicha, ikki marhum boshqa joydan topilgan, tergov versiyasiga ko‘ra, ular ham ushbu hodisa bilan bog‘liq. Taxmin qilinayotgan mergan o‘lik holda topilgan.
Ikki yarador og‘ir ahvolda vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan. Taxminan 25 kishi mahalliy tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter