Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi kollejda otishma yuz berdi

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi kollejda otishma yuz berdi

Rossiyaning Anapa shahridagi texnik kollejda sodir bo‘lgan otishmada qo‘riqchi halok bo‘ldi

Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratev ijtimoiy tarmoqlarda voqea haqida e’lon qildi. 

«Hozirda bir kishi halok bo‘lgan, bu birinchi bo‘lib zarbani qabul qilgan qo‘riqchidir», dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘riqchi tezda reaksiya ko‘rsatib, hujumchining binoga kirishini to‘sib qo‘ygan va huquqni muhofaza qilish organlariga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, talaba ta’lim muassasasi yo‘lagida noma’lum qurol bilan o‘t ochgan va hibsga olingan. 

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati uch kishi jarohatlanganini xabar qildi. Ikki kishi o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring