Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Keti Perri Keti Perriga qarshi: 17 yillik tortishuvga sud nuqta qo‘ydi

Keti Perri Keti Perriga qarshi: 17 yillik tortishuvga sud nuqta qo‘ydi

Qo‘shiqchi (oq kiyimda) Keti Perri (Katy Perry) va dizayner Keti Teylor (Katie Taylor).

Foto: ABC News

Avstraliyalik kiyimlar dizayneri Keti Teylor (Katie Taylor) va qo‘shiqchi Keti Perri (Katy Perry) o‘rtasida 17 yil davom etgan tortishuvga nihoyat sud nuqta qo‘ydi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Tug‘ilganida ismi Keti Perri bo‘lgan Keti Teylor 2007-yilda «Katie Perry» nomini tijorat maqsadida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirgan. O‘sha paytda u xonanda haqida eshitmagan bo‘lgan.

2008-yilda, xonanda Keti Perrining debyut qo‘shig‘i chiqqanidan bir necha oy o‘tib, Teylor kiyim-kechak sotish uchun «Katie Perry» tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza beradi.

2009-yilning may oyida xonanda Perri modelerning tovar belgisiga qarshi e’tiroz bildirib, «noqonuniy xatti-harakatlarni» to‘xtatishni talab qilgan. 2019 yilda esa dizayner xonandani mualliflik huquqlarini buzishda aybladi. Bunga xonandaning Avstraliyada «Katy Perry» brendi ostida o‘z kiyimlarini sotishni boshlagani sabab bo‘lgan.

Oradan to‘rt yil o‘tib, sud Keti Teylor foydasiga qaror chiqardi va xonanda Keti Perri brend ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan vaqtda moda olamida nomga ega bo‘lmaganini ko‘rsatib o‘tdi. Xonandaning kiyim-kechaklarga taalluqli bo‘lmagan savdo belgisi Avstraliyada 2011-yilning noyabrida ro‘yxatga olingan edi.

Biroq, 2024-yilda apellyasiya sudi ushbu qarorni bekor qildi. Sudyalar xonandaning ismi allaqachon mashhur bo‘lgani va xaridorlarni chalg‘itishi mumkinligi sababli, dizaynerda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asoslar bo‘lmagan, degan xulosaga kelishdi. Natijada dizaynerning brendi bekor qilindi.

Keyin esa Keti Teylor Oliy sudga murojaat qildi. 2026-yil 11-mart kuni Avstraliya Oliy sudi yakuniy qarorni e’lon qildi. Besh sudyadan uch nafari Teylorning tomonini oldi. Ular xonandaning Avstraliyadagi mashhurligi kiyim-kechak sohasiga taalluqli emas, deb hisoblab, avvalgi dalillarni rad etishdi. Shunday qilib, modeler o‘z ismi ostida brendni saqlab qolish huquqini qo‘lga kiritdi.

P.S. qo‘shiqchi Keti Perrining ham ismi «original» emas, tug‘ilganida Ketrin Hadson (Katheryn Hudson) bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring