Kiyev Putin bilan muzokaralardan rasman bosh tortdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara olib borishi mumkin emasligi haqidagi qarorini amalga tatbiq etish bo‘yicha farmonni imzoladi.
E’lon qilingan farmonda Rossiya prezidenti bilan muzokara olib borish mumkin emasligi ta’kidlangan. Bundan tashqari, Zelenskiy Oliy Radaga «Rossiya Federatsiyasining keskinlashuviga tegishli sanksiyalar va boshqa choralar to‘g‘risida»gi qonun loyihalarini tezda qabul qilishni tavsiya qildi.
«Bizning davlatimiz doimo Rossiyaga teng, halol, munosib va adolatli sharoitlarda birga yashashga kelishib olishni taklif qilgan. Shubhasiz, bu Rossiya prezidenti bilan bu mumkin emas. U qadr-qimmat va halollik nimaligini bilmaydi», — deydi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig‘ilishidan so‘ng, Kiyev Moskva bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytgan edi.
Shu kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbariyati bilan muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qildi. Uning aniqlik kiritishicha, agar Kiyev manfaatdor bo‘lsa, muloqot bo‘lishi mumkin. Bungacha Zelenskiy referendum natijalari tan olinsa, Putin bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etgan edi. Putin va Zelenskiyning uchrashuvini Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an taklif qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter