Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimyoviy tozalash vositalari xotira sustlashishiga olib kelishi aniqlandi

Kimyoviy tozalash vositalari xotira sustlashishiga olib kelishi aniqlandi

Amerikalik olimlar kimyoviy tozalash vositalarining yangi xavfini aniqladilar.

Ma’lum bo‘lishicha, u nafaqat teriga, nafas olish va immunitet tizimiga zarar yetkazishi, balki xotira yo‘qolishi va nutq buzilishini ham keltirib chiqarishi mumkin.

Mutaxassislar 1800 dan ortiq turdagi gellar, kukunlar va kapsulalarni o‘rganish asnosida ularning taxminan 20 foizi miya hujayralariga va markaziy asab tizimining boshqa sohalariga ham ta’sir qiladi degan xulosaga kelishdi.

Tajribalar davomida ma’lum bo‘ldiki, ushbu uy-ro‘zg‘or buyumlarining bir qismi  asab hujayralari atrofida himoya izolyasiyasini yaratadigan maxsus miya hujayralariga ta’sir qiladi. Ularning yo‘qolishi esa skleroz va boshqa nevrologik patologiyalarni qo‘zg‘atadi.

Ushbu kimyoviy vositalar, ayniqsa bolalar uchun xavflidir. Xususan, tozalash vositalari, yuvish vositalari va kosmetika vositalaridan zaharlanish autizmning turli shakllarini keltirib chiqarishi mumkin.

Shuning uchun vaqti-vaqti bilan ular o‘rniga limon, osh sodasidan foydalaning, derazalarni yuvish uchun sirka yoki spirt ishlating.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring