Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konor Makgregor Mask va Sukerberg jangiga munosabat bildirdi

Konor Makgregor Mask va Sukerberg jangiga munosabat bildirdi

Ultimate Fighting Championship bo‘yicha sobiq chempion Konor Makgregor milliarderlar Ilon Mask va Mark Sukerberg o‘rtasidagi ehtimoliy duel haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu qiziq: ular oxirigacha borishadimi? Bu jang bo‘ladimi? Albatta ikkalasi bilan mashg‘ulotlarda ishlagan bo‘lardim. Umid qilamanki, ular jangni tashkil etishadi. Mask va Sukerbergning puli ko‘p, lekin ular o‘z so‘zlarida qanchalik turishadi?

Vaziyat qanday rivojlanishini hayajon bilan kuzatmoqdaman», deydi Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sukerberg UFC chempionlari Adesanyu i Volkanovskilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘lgandi. 

34 yoshli Makgregorning so‘nggi jangi amerikalik Dastin Pore bilan duel bo‘lib, Konor oyog‘ini sindirib olgani uchun uchrashuv birinchi raunddayoq yakuniga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring