Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sukerberg “milliarderlar bunkeri”dagi hashamatli uyga 170 million dollar sarfladi

Sukerberg “milliarderlar bunkeri”dagi hashamatli uyga 170 million dollar sarfladi

Meta korporatsiyasining hammuassisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan sun’iy ravishda barpo etilgan Indian-Krik orolida, “milliarderlar bunkeri” nomi bilan tanilgan hududdan 170 million dollarga hashamatli qasr sotib oldi. Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlikning sotuvchilar vakillariga tayanib yozishicha, “bu hozirga qadar Mayami tarixidagi eng qimmat bitim hisoblanadi. U alohida holatdek ko‘rinsa-da, bozordagi boshqa ko‘chmas mulk ob’yektlari va takliflarga qarab, 100 million dollardan ortiq qiymatdagi bitimlar soni yanada ko‘payishini kutish mumkin”.

Florida shtati janubidagi Mayami-Deyd okrugida joylashgan Indian-Krik oroli XX asr boshlarida barpo etilgan bo‘lib, uning maydoni taxminan 120 gektarni tashkil etadi.

“Milliarderlar bunkeri”da, shuningdek, Amazon asoschisi Jeff Bezos, AQSh prezidentining kuyovi Jared Kushner hamda moliyachi Karl Aykan kabi taniqli shaxslar ham ko‘chmas mulkka egalik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring