Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: Xitoyda qurbonlar soni 2004 nafarga yetdi

Koronavirus: Xitoyda qurbonlar soni 2004 nafarga yetdi

Foto: «Reuters»

Bugun, 19-fevral kuni berilgan ma’lumotga ko‘ra, Xitoyda koronavirus qo‘zg‘agan pnevmoniya oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 2004 nafarga yetdi, 14,3 ming nafardan ortiq bemor esa tuzalgan. Bu haqda TASS XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.

Kecha, 18-fevral kuni Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 1868 nafarga yetgandi.

Ayni paytda Xitoyda koronavirusga chalinganlar jami soni 74 ming nafardan oshgani haqida xabar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring