Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus yuqtirib olgan Klichko: «Hokimlik xatarli ish»

Koronavirus yuqtirib olgan Klichko: «Hokimlik xatarli ish»

Foto: «5.ua»

Professional boks afsonasi, hozirda Ukraina poytaxti Kiyev shahrining meri lavozimida ishlab kelayotgan Vitaliy Klichko koronavirusga chalindi.

COVID-19 testi musbat chiqqanini Klichko ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi. Uning aytishicha, mer sifatida odamlar bilan tinmay muloqot qilish — xatarli  ish (hozirgi sharoitda), u ham aynan shuning ortidan kasallik yuqtirib oldi.

Vitaliy Klichko yozishicha, ahvoli uncha yomonmas, yaqin kunlarda masofadan ishlab turadi.

«Pandemiya davrida hokimlik ishi, albatta, doimiy xatar degani. Odamlar bilan tinmay muloqot qilinadi, kovid bemorlari yotgan kasalxonalarga ko‘p borishga to‘g‘ri keldi. O‘zimni ehtiyot qilishni unutmadim. Tinmay test topshirib turdim. Afsuski, oxirgisi ko‘ngildagiday chiqmadi. Boshqalarga maslahatim: qoidalarga rioya qiling, sog‘lig‘ingizni asrang», — deb yozdi Klichko «Instagram»da.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring