Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kurdiston ishchi partiyasi Turkiya hukumatiga qarshi harbiy amaliyotlarni vaqtincha to‘xtatdi

Kurdiston ishchi partiyasi Turkiya hukumatiga qarshi harbiy amaliyotlarni vaqtincha to‘xtatdi

Foto: «AP Photo / Ali Unal»

«Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) mamlakatda o‘tayotgan parlament hamda prezident saylovlari munosabati bilan hukumatga qarshi siyosiy va harbiy harakatlarni vaqtincha to‘xtatib turadi. Bu haqidagi qaror 23-iyun tunidan kuchga kirgan», — deya xabar bermoqda «RIA Novosti».

«Hukumatga qarshi harakatlar 24 soat mobaynida to‘xtatib turiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad kurdlarga saylovda qatnashishlari uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratib berishdir», — deyiladi partiya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24-iyun kuni Turkiyada muddatidan oldin parlament hamda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Prezident lavozimi uchun kurashda amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yetakchilik qilishi kutilmoqda. O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasiga ko‘ra u 47-48 foiz ovoz to‘plab ikkinchi turga yo‘l oladi. Ikkinchi turda unga muxolifatdagi Xalq respublikachilar partiyasidan Muharram Inje raqib bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring