Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

KXDR Janubiy Koreya bilan muloqot qilishga tayyor ekanligini bildirdi

KXDR Janubiy Koreya bilan muloqot qilishga tayyor ekanligini bildirdi

Foto: «Politobzor.net»

Pxenyan Seul bilan Koreya urushi rasman tugatilgani to‘g‘risida konstruktiv muloqotga tayyor. Bu haqda Koreya Ishchilar partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, Shimoliy Koreya rahbarining singlisi Kim Ye Chjong ma’lum qilgan.

U KCNA axborot agentligi tomonidan chop etilgan maqolada Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning 1950-53-yillardagi Koreya urushining tugashini e’lon qilish haqidagi so‘nggi taklifini «qiziqarli va yaxshi g‘oya» deb bilishini aytgan.

«Biz Koreya o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash va rivojlantirish istiqbollarini doimiy yaqin aloqada konstruktiv muhokama qilishga harakat qilishga tayyormiz. Janubiy Koreya dushmanlik qilmasa va bizni qarshi harakat qilishga undamasa, ikkilamchi standartlar bilan o‘jarlik ko‘rsatmasa, o‘tmishda bo‘lganlarni unutsa», — deyiladi maqolada.

Avvalroq KXDR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Li Txe Son Koreya urushining rasman tugatilishi haqidagi deklaratsiyaning qabul qilinishiga erta ekanligini aytgandi.

«Koreya yarim orolidagi urushni tugatish to‘g‘risida e’lon qilish masalasi BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasida qayta ko‘tarildi. Ma’lumki, urushni tugatish — bu mamlakatda tinchlikni saqlash mexanizmini yaratish uchun qilinishi kerak bo‘lgan narsa. Koreya yarim orolda urush tugaganini e’lon qilishga hali erta», — degan Li Txe Son o‘z bayonotida.

Uning fikricha, Koreya yarim orolidagi barcha muammolarning markazida AQShning KXDRga nisbatan dushmanlik siyosati yotadi.

«Urush tugaganini yuz marta e’lon qilsinlar, lekin atrofimizdagi siyosiy vaziyat va AQShning dushman siyosati o‘zgarmaguncha hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi», — dedi Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring