Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

KXDRning koinotga uchirgan raketasi havoda portlab ketdi

KXDRning koinotga uchirgan raketasi havoda portlab ketdi

KXDR Koinot boshqarmasi razvedka yo‘ldoshi muvaffaqiyatsiz uchirilgani haqida xabar berdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga asoslanib, «TASS» xabar berdi.

Birinchi bosqichni o‘z ichiga olgan  raketa havoda portlab ketdi. Mulligyong-1 razvedka sun’iy yo‘ldoshi Soxae kosmodromidan uchirilgandi.

Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lum qilishicha, mamlakat qurolli kuchlari bugun taxminan mahalliy vaqt 22:44 da KXDR tomonidan Shimoliy Pyongan viloyatining Tochangni hududidan Sariq dengizga qarata uchirilgan Shimoliy Koreya harbiy razvedka yo‘ldoshining parvoz yo‘nalishini qayd etgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyaning Okinava orolida KXDR raketasi sabab aholini ko‘chirish bo‘yicha takliflar bildirilgan, lekin keyinchalik u bekor qilingan. Yaponiya tomoni Shimoliy Koreyaning hatti-harakati sabab noroizilik bildirdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring