Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirdi
Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi (KXDR) bugun, 27 yanvar kuni ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya sohil qo‘riqlash xizmati ma’lum qildi.
Sohil qo‘riqlash xizmati mintaqada bo‘lib turgan kemalarni raketa bo‘laklari aniqlangan taqdirda ularga yaqinlashmaslikka va zudlik bilan Yaponiya hokimiyatiga xabar berishga chaqirdi.
Yaponiya sohil qo‘riqlash xizmati KXDRning raketa uchirishi haqidagi xabarni bir necha daqiqa farq bilan ikki marta tarqatgan. Hozircha bu texnik xato bo‘lganmi yoki KXDR ketma-ket ikki marta raketa uchirganmi, aniq emas.
O‘z navbatida, Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi ham KXDR tomonidan raketa uchirilganini tasdiqladi.
Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu KXDRning 4 yanvardan beri ilk raketa uchirishi va 2026 yildagi ikkinchi uchirish hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter