Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Liverpul yaqinidagi raqs klubiga pichoqli hujum: ikki bola halok bo‘ldi, to‘qqiz nafari yaralandi

Liverpul yaqinidagi raqs klubiga pichoqli hujum: ikki bola halok bo‘ldi, to‘qqiz nafari yaralandi

Angliya shimolidagi Liverpul yaqinida joylashgan Sautport shahrida bolalar raqs klubiga hujum uyushtirildi, deb xabar berdi mahalliy politsiya. Ikki nafar bola pichoqdan olingan jarohatlardan halok bo‘ldi, yana to‘qqiz nafari og‘ir yaralandi, ulardan olti nafarining ahvoli og‘ir.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikki kishi «hujumga uchragan bolalarni jasorat bilan himoya qilishga uringan», ular ham og‘ir yaralanishgan.

Qo‘shni Benks shahrida yashovchi 17 yoshli o‘smir hujumda gumonlanib hibsga olindi.

Uning tajovuzi sabablari haqida hozircha ma’lumot berilmagan, ammo Britaniya politsiyasi voqeani terrorizm bilan bog‘liq deb hisoblamaydi. Hujumchi yolg‘iz harakat qilgani taxmin qilinmoqda.

«Hozirgi bosqichda biz ushbu fojiali hodisaning sabablarini aniqlash uchun tekshiruvlarimizni davom ettirmoqdamiz va tergov davom etayotganda odamlarni spekulyasiya qilmaslikka chaqiramiz. Hozirda voqea terrorizm bilan bog‘liq emasligini ham tasdiqlashimiz mumkin»,— deyiladi politsiya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring