Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makron Ilon Maskka keskin ayblov qo‘ydi

Makron Ilon Maskka keskin ayblov qo‘ydi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask boshqa mamlakatlardagi siyosiy jarayonlarga, jumladan, Germaniyadagi muddatidan oldin o‘tkazilishi kutilayotgan parlament saylovlariga aralashmoqda.

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron ma’lum qildi, siyosatchining nutqi X ijtimoiy tarmog‘idagi Yelisey saroyi sahifasida efirga uzatilgan

Makron Fransiya elchilari oldidagi nutqi davomida Maskning boshqa mamlakatlardagi saylovlarga aralashuvini e’lon qildi. Siyosatchi tadbirkorni “yangi reaksion xalqaro kuchlar”ni qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi va bundan o‘n yil avval voqealarning bunday rivojlanishini tasavvur etib bo‘lmasdi, deya qo‘shimcha qildi.

Ilgari Mask o‘ng qanot "Germaniya uchun alternativ" partiyasining saylovlarda g‘alaba qozonishini bashorat qilgan edi. 23 fevral kuni mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoning eng boy odami bo‘lgan Ilon Mask Donald Trampning AQSh prezidenti sifatida saylanishida muhim o‘rin tutgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring