Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Portlash 6 nafar afg‘onning hayotiga nuqta qo‘ydi

Portlash 6 nafar afg‘onning hayotiga nuqta qo‘ydi

Foto:«Sabah.com»

Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyati Sho‘lgara tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi «Sabah.com.tr» sayti.

Sho‘lgara tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sayyod Nodarning aytishicha, tumanning Ko‘chqizil qishlog‘ida yo‘l chetiga joylashtirilgan bomba mashina o‘tayotgan paytda portlab ketgan.

Portlash oqibatida mashinada bo‘lgan 6 fuqaro halok bo‘lgan, 7 kishi tan jarohati olgan.

Qo‘poruvchilikni hanuz hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring