Maradonaning o‘limida shaxsiy shifokori ayblanmoqda
Argentina prokuraturasi Diyego Maradonaning o‘limida shaxsiy shifokori Leopoldo Lukeni ayblamoqda. Bu haqda Argentinaning NT telekanali xabar berdi.
Luke qasddan bo‘lmagan odam o‘ldirishda va bemorga yordam bermaganlikda gumon qilinmoqda. Shifokorga nisbatan ko‘rsatma Lukening xatti-harakatlaridan shubhalangan sportchining qizi tomonidan berilgan.
Avvalroq sud tibbiyot xodimining uyida tintuv o‘tkazishga ruxsat berdi. So‘ngra shifokorning klinikasi ham tintuv qilindi. Sportchining kasallik tarixiga oid hujjatlar olib ketildi.
Telekanalning xabariga ko‘ra, Maradonaning o‘limidan so‘ng boshida gematoma aniqlangan: u Olivos klinikasida operatsiya qilingan.
60 yoshli sobiq futbolchining yurak xurujidan vafot etgani 25-noyabr kuni kechasi ma’lum bo‘ldi. Maradona Buenos-Ayresdan uzoq bo‘lmagan Tigre shahridagi uyida operatsiyadan so‘ng reabilitatsiyani o‘tayotgandi. Afsonaviy futbolchining o‘limi munosabati bilan Argentinada uch kunlik motam e’lon qilindi.
Ertasi kuni prezident qarorgohida afsonaviy futbolchi bilan xayrlashish marosimi bo‘lib o‘tdi. OAV xabariga ko‘ra, navbat 2,2 km.gacha cho‘zilib ketgan. Futbol yulduzi ota-onasining yoniga dafn etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter