Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Matematika o‘qituvchisi AQSh prezidenti bo‘lish uchun o‘z ismini o‘zgartirdi

Matematika o‘qituvchisi AQSh prezidenti bo‘lish uchun o‘z ismini o‘zgartirdi

Foto: ABC 7

Texaslik 35 yoshli urush faxriysi va matematika o‘qituvchisi Dastin Ebey AQSh prezidentligi uchun kurashish uchun o‘z nomini rasman «Tom ma’noda boshqa birov» deb o‘zgartirdi. Bu haqda ABC 7 yozmoqda.

U hatto vitse-prezidentlikka nomzod ham topib qo‘ydi — bu Shveysariyada yashayotgan nyu-yorklik Nil Devid Suts.

Dastin Ebey ikki asosiy partiyadan ko‘rsatilgan — amaldagi prezident Jo Bayden va sobiq prezident Donald Tramp nomzodlariga isyon sifatida saylovda o‘z nomzodini ilgari surishga qaror qilgan.

Amerikalik ushbu xatti-harakati bilan o‘zi chirigan deb hisoblayotgan siyosiy tizimga nafratini ifodalamoqda, ta’kidlashicha, amaldagi tizimda muammolarga yechim topish bir chetga surilib, partiyalar o‘rtasidagi kurash birinchi planga chiqadi.

«Uch yuz million kishi ko‘prog‘iga qodir. Xalqqa hech qanday foydasi tegmaydigan ikki partiya o‘rtasidagi kurashlardan to‘ygan odamlar uchun qandaydir boshqa yo‘l bordir. Bu aynan menmas, boshqa odam ham bo‘lishi mumkin», — dedi Ebey intervyularidan birida.

Ta’kidlash kerakki, yangi nomzodning nomi kerakli 113 ming ovozni to‘play olmagani uchun, Texas saylov byulleteniga kirmadi. Havaskor siyosatchi endi kuchini Tennessi shtatida sinab ko‘rmoqchi, aytishicha, bu yerda ovoz to‘play olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring